O‘zbekiston | 18:40 / 22.01.2020
5027
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda Orolbo‘yi hududiga 461 ming gektar cho‘l o‘simliklari ekilgan

2019 yilda Orolbo‘yi hududiga 461 ming gektar cho‘l o‘simliklari ekilgan. Bu haqda «Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirish» mavzusida o‘tgan yig‘ilishda ma'lum qilindi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi rasmiylari tomonidan ma'lum qilinishicha, hozirgi kunda o‘rmonzorlar maydoni 3,2 mln gektarni, ya'ni, respublika umumiy maydonining 7 foizini tashkil etadi. 2024 yilga borib bu maydon 6 mln gektarni (11,2 foiz) tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Abdushukur Hamzayev

«Orolni qayta tiklashning ikki yo‘li bor. Birinchisi - Rossiya daryolari o‘zanini o‘zimizga olib kelish kerak. Buning uchun 25 yil vaqt va har yili 600 mln dollar mablag‘ ketadi. Buning iloji yo‘q. Ikkinchisi, o‘rmonzorlarni ko‘paytirish va cho‘l o‘simliklarini ekish. Shu yo‘l bilan Orolni qutqarib qola olamiz», dedi O‘rmon xajaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdushukur Hamzayev. 

Tadbirda aytilishicha, 2019 yil mobaynida Orolbo‘yi mintaqasiga 461 ming gektardan ziyod cho‘l o‘simliklari ekilgan. Bu davrgacha 30 yil davomida 400 ming gektardan kamroq yerlarga o‘simliklar ekish ishlari amalga oshirilgandi. Bu ko‘rsatkichni 2024 yilgacha 2,6 mln gektarga chiqarish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid