O‘zbekiston | 14:10 / 24.01.2020
62521
2 daqiqa o‘qiladi

«Bu idoralar xalqchil emas» - Prezident ichki ishlar organlari haqida

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida qonun ustuvorligini ta'minlash va korrupsiyaga qarshi qat'iy kurashish bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surib, islohotlar samarasi ko‘p jihatdan 4ta muhim omilga - qonun ustuvorligini ta'minlash, korrupsiyaga qarshi qat'iy kurashish, institutsional salohiyatni yuksaltirish va kuchli demokratik institutlarni shakllantirishga bog‘liqligini ta'kidladi. Prezident nutqida ichki ishlar organlari idoralari faoliyati tanqid qilindi.

«Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarur. Biz ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha jiddiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz.

Biroq, ochiq tan olish kerak, ushbu idoralar hali xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylangani yo‘q. Tizimda jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarga qarshi kurashish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatiga doir aniq mezonlar belgilanmagan.

Shu sababli, islohotlarni davom ettirib, ichki ishlar idoralarini, odamlarimiz og‘irini yengil qiladigan tuzilmaga aylantirish zarurligini yana bir bor takrorlash o‘rinli deb bilaman. Bu masala yangi parlament, xususan, Senat oldidagi besh yillik vazifa bo‘lib, buning uchun barcha tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratish va amaliy choralar ko‘rish lozim.

Ichki ishlar organlari uchun barcha darajadagi rahbarlarning malakasini oshirish va maqsadli tayyorlash tizimini tashkil etish zarur», dedi prezident.

Mavzuga oid