Jahon | 22:48 / 04.02.2020
71127
2 daqiqa o‘qiladi

Ikkita davlatda parranda grippi avj olgani qayd etildi

2015 yilda AQShning Ayova va Minnesota shtatlarida avj olgan parranda grippi oqibatida iqtisodiyotga 1 mlrd dollar zarar yetgandi.

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni va Vetnamda yuqori patogenli parranda grippi avj olgani qayd etildi. Bu haqda Jahon jonivorlar salomatligini himoya qilish tashkiloti (OIE) xabar berdi.

Saudiya Arabistoni qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sanad Alharbiyning ma'lumot berishicha, qirollikning markaziy qismidagi parranda fabrikasida H5N8 grippi tarqalganligini aniqlangan. Kasallikdan 22,7 ming bosh parranda halok bo‘lgan, 385 ming boshdan ortiq parranda so‘yilgan.

Vetnam qishloq xo‘jaligi vakili Xitoy bilan chegaraga yaqin bo‘lgan qishloqda H5N6 grippi tarqalganini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, bu yerda 3 ming bosh parrandadan 2,2 ming boshi halok bo‘lgan.

2015 yilda AQShning Ayova va Minnesota shtatlarida avj olgan parranda grippi oqibatida iqtisodiyotga 1 mlrd dollar zarar yetgandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, parranda grippi ko‘pincha yaqqol simptomlarsiz kechuvchi qushlar yuqumli virus kasalligi hisoblanadi. Ba'zi hollarda virus odamlar va hayvonlarda kasallik yoki simptomlarsiz infeksiyalar keltirib chiqarishi mumkin.

Mavzuga oid