Jahon | 23:38 / 10.02.2020
9748
1 daqiqa o‘qiladi

4 nafar xitoylik AQShning 145 mln fuqarosi shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlashda ayblanmoqda

AQShda 4 nafar xitoylik 145 mln kishining shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlashda ayblanmoqda. Ular qo‘liga fuqarolarning ism-shariflari, tug‘ilgan sanalari va ijtimoiy sug‘urta raqamlari haqidagi ma'lumotlar tushgan.

Foto: Global Look Press/Oliver Berg

AQSh bosh prokurori Uilyam Barr xitoyliklarga AQShning Equifax kredit tarixi byurosi kompyuter tizimlarini buzib kirish, tijorat siri va amerikaliklarning shaxsiy ma'lumotlarini o‘g‘irlash ayblovini ilgari surdi. Bu haqda AQSh adliya vazirligida ma'lum qilingan.

AQSh ma'lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar Xitoy armiyasiga qarashli tadqiqot institutlaridan birida ishlashgan.

2017 yilda sodir etilgan xakerlik hujumidan 145 mln kishi yoki AQSh aholisining deyarli yarmi jabrlangan. 

Equifax kompyuter tizimlari buzib kirilganidan keyin kompaniya 575 mln dollar jarima va xakerlik hujumi jabrlanuvchilarga kompensatsiya jamg‘armasiga 300 mln dollar to‘lashiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, kompaniya kiberhujumlardan himoyasini kuchaytirishga va'da bergan. Ushbu voqeadan keyin kompaniyaning direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Richard Smit iste'foga ketishga qaror qilgan.

Mavzuga oid