Sport | 13:20 / 10.02.2020
13935
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya klubi Oston O‘runov transferini e'lon qildi

Rossiyaning «Ufa» futbol klubi rasmiy sayti orqali O‘zbekiston milliy jamoasining 19 yoshli yarimhimoyachisi Oston O‘runov bilan uzoq yillik shartnoma imzolaganligini e'lon qildi.

«Oston O‘runov «Paxtakor» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalib, 2017 yilda «Navbahor» safiga o‘tgan. Ikki yil davomida 51 o‘yinda 3ta gol urgan futbolchi 2019 yilning iyul oyida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasiga kelgan. Oston ikki yil avval - 2018 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan» - deyiladi ufaliklar klubi rasmiy saytida.

Ma'lumot uchun, hamyurtimiz qariyb ikki hafta davomida Rossiya Premer-ligasi jamoasining Kiprda o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan edi.

O‘z navbatida Oston O‘runov klubning tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali muxlislarga salom yo‘llagan:

 

Mavzuga oid