O‘zbekiston | 20:16 / 11.02.2020
5880
2 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda kamida 500 mingta doimiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda

2020 yil O‘zbekistonda kamida yarim millionta doimiy ish o‘rni yaratish mo‘ljallanyapti. Bu haqda joriy yilgi davlat dasturi loyihasida aytib o‘tilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Loyihaga ko‘ra, 500 mingta doimiy ish o‘rni investitsiya dasturi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishdagi yangi yirik va kichik loyihalarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish hisobiga yaratilishi reja qilingan.

Dekabr oyida muhokamaga chiqarilgan prezident qarori loyihasida 2020 yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rnini tashkil etish prognoz qilingan edi.

Keyinroq, yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida yiliga kamida 500 mingta yangi ish o‘rni ochish vazifasini qo‘ygandi.

Davlat dasturi loyihasida, shuningdek:

  • 264 ming ishsiz shaxsni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish;
  • 40 ming shaxsni mehnat bozorining real ehtiyojidan kelib chiqib, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • 50 ming o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni vaqtinchalik mehnat guvohnomasi bilan ta'minlash;
  • 30 ming ishsiz aholining bandligini ta'minlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan subsidiya va grantlar ajratish nazarda tutilmoqda.

Mavzuga oid