O‘zbekiston | 14:35 / 11.02.2020
17736
1 daqiqa o‘qiladi

Orif Bo‘tayev «Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Foto: Markaziy bank

Orif Bo‘tayev «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

O.Bo‘tayev shu kungacha «O‘zsanoatqurilishbank» ATB boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Orif Bo‘tayev 1983 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat bosqichini – «Bank ishi», 2012 yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bo‘limini –«Investitsiyalarni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, Murodilla Eshmatov 2019 yil oktabr oyi oxiridan beri «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi sifatida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid