Jahon | 22:07 / 25.02.2020
14220
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston poytaxtida tartibsizliklar sababli komendantlik soati kiritildi  

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli ma'muriyati shaharning shimolida tartibsizliklar yuz berayotgan tumanlarda komendantlik soati kiritdi.

Foto: REUTERS / Danish Siddiqui

Bu haqda Times of India nashri xabar berdi

Qat'iy choralar Majipur, Jafarobod, Chand Bagx va Qoroial Nahorda joriy qilinadi.

Ayni vaqtda Hindistonda parlament tomonidan fuqarolik haqidagi qonunga tuzatmalar qabul qilinganiga qarshi noroziliklar bo‘lib o‘tmoqda. Tuzatmalar Hindiston bilan qo‘shni davlatlar - Afg‘oniston, Pokiston va Bangladeshdan bo‘lgan nomusulmon qochqinlarga o‘z yurtlarida tahqirlashlarga uchrayotgan bo‘lsalar, Hindiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish imkonini beradi. Bu esa hindistonlik musulmonlarning noroziligiga olib kelgan. Ular ushbu tuzatmalarni dunyoviy davlatda diniy mansublik bo‘yicha fuqarolarning kamsitilishi deb topib, ularni konstitutsiyaga zid deb hisoblashmoqda. Shuningdek, Hindistonning shimoli-sharqiy shtatlari ham o‘z noroziliklarini bildirmoqdalar. Ular endi hududlarida Bangladeshdan millionlab qochqinlar qo‘nim topishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda. Namoyishlar tashkilotchilarining fikricha, bu mahalliy aholi manfaatlariga xavf soladi.   

Avvalroq Nyu-Dehlidagi Guru Ten Bahodur nomidagi gospital rahbari Sunil Kumar poytaxtdagi tartibsizliklarda 10 kishi halok bo‘lgani, 150dan ko‘proq odam jabrlanganini ma'lum qilgan. Shuningdek, Nyu-Dehli politsiyasida kamida 56 politsiyachi yaralangani ma'lum qilingan.

Muxolifatning ta'kidlashicha, qonunga kiritilgan tuzatmalar tahqirlovchi xarakterga ega, chunki musulmonlarni fuqarolik olishdan mahrum qiladi. Tanqidchilarning fikricha, bu vaziyatda diniy mansublik fuqarolik olish sharti bo‘lmasligi kerak.

Mavzuga oid