«Siti» yo‘lida Zidan va UYeFA. Kun o‘yinlari anonsi
Ehtimol, bu mavsum Pep Gvardiola uchun ingliz klubi bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun so‘nggi imkon bo‘lishi mumkin.
Yagona turnir
«Real» — biz taqlid va havas qiladigan, nimadir o‘rganadigan klubdir», — deya kutilmagan fikr bildirdi Pep Gvardiola bir necha kun avval. Katalonlar klubi tarbiyalanuvchisi, «Barselona» tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biri bo‘lgan mutaxassisdan bunday so‘zlar chiqishi ajablanarli hol. Ammo ayni vaqtda u «Manchester Siti» nomidan so‘zlaydi, bu klubdagilar chindan ham «Qirollik klubi»ga pastdan turib qaraydi.
Madridliklar Chempionlar ligasida 13 bor g‘olib chiqqan, so‘nggi 6 mavsumda 4 sovrin yutilgan. «Siti» — esa so‘nggi o‘n yilda Angliyadagi turli darajadagi turnirlarda 13 marta g‘olib chiqqan, ammo bu klubda bitta ham yevrokubok yo‘q.
Ha, «shaharliklar» klubiga hech kim Yevropaning eng yaxshi klubi bo‘lish majburiyatini qo‘ymagan. Gvardiolaning «Siti» boshqaruviga kelgan vaqtdagi iqtiboslaridan biri: «Shayx Mansur menga Premer-ligani yoki Chempionlar ligasini yutishim lozimligini aytdi. U shunday dedi: «O‘z ishingni qil, imkoni boricha yaxshiroq, aqling yetganicha. Keyin ko‘ramiz».
Ammo hech kimga sir emaski, «PSJ» yoki «Manchester Siti» kabi loyihalar xalqaro triumflarsiz ma'noga ega emas. Gvardiolaning o‘zi ham bu klubga ilk xalqaro sovrinini olib berishni istaydi: muxoliflari Pepni ko‘p yillardan buyon har bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin «sharlatan» deb atab, u Messisiz yevrokubok yuta olmasligini yuziga solib kelishadi.
Endilikda «Manchester Siti»ning ishtiyoqi yanada kuchli, UYeFA klub uchun ikki mavsumga kislorodni yopib qo‘ydi.
Angliyaning amaldagi chempionlari uchun bu mavsumda faqat ikki turnirda intriga saqlanib qolgan — Angliya Kubogi va Chempionlar ligasi. Klub shu haftaning yakshanbasida «Aston Villa»ga qarshi Angliya ligasi Kubogi finalida maydonga tushadi.
«Siti» Angliya chempioni bo‘lolmasligi aniq, yevrokuboklar hududi uchun kurashishdan ma'no yo‘q. Albatta, premer-liga o‘rinlarga qarab taqsimlaydigan mukofot pullari ham bor, ammo bu badavlat klub uchun u qadar ahamiyatli jihat emas. Milliy turnirlardagi Kubok o‘yinlari «shaharliklar»ni ortiqcha hayajonga solmaydi — ular so‘nggi yillarda ichki turnirlarda yetarli darajada ko‘p g‘alaba qozonishdi.
Bundan kelib chiqmoqdaki, Chempionlar ligasi «Siti»ning bu mavsum uchun yagona maqsadi. Bukmekerlar Gvardiola jamoasini finalda g‘olib bo‘lish uchun asosiy favorit sifatida belgilashgani bejiz emas.
To‘g‘ri, finalga borish uchun «Siti» avval «Real» to‘sig‘idan o‘tishi kerak, Pep esa «shaharliklar» bu klubga havas bilan qarashini aytib o‘tgan. Ammo bu gap aniq tarkib borasida emas — inglizlar jamoasi ayni vaqtda nomlar bo‘yicha kuchsiz emas, tarkib yosh va kuchli futbolchilar bilan to‘la.
«Real»da esa jamoa yetakchisi bo‘lishi uchun olib kelingan Azar yana jarohat olgan va u nafaqat bugungi o‘yinni, hafta oxirida klasiko bahsini ham o‘tkazib yuboradi.
«Real» — g‘alati ahvolda. Biroz avvalroq Zidan jamoadagi ichki muammolarni hal qilgandek va Ispaniya chempionati g‘olibligi uchun asosiy favoritdek ko‘rinayotgandi. Hammasi joyidadek ko‘ringandi — taktik xilma-xillik, qanotlarda javlon urayotgan brazillar, moslashayotgan Eden Azar va himoya juda ishonchli o‘ynayotgani. Ammo birdan barcha chiziqlarda muammolar boshlandi. Fevral oyidagi natijalar klub muxlislarini juda ranjitdi: «Madrid» kubok bahsida «Sosedad»dan mag‘lub bo‘ldi, chempionatda esa Smolovdan gol o‘tkazib «Selta» bilan durang o‘ynadi, shuningdek, «Levante»ga mag‘lub bo‘ldi. «Manchester Siti» bilan o‘yin — Zidanni tekshirish uchun sinovga aylanmoqda.
Madridliklar — bu juftlikda favorit emasligi aniq, ammo Zinedin Zidan hamon «Qirollik klubi» boshqaruvida, demak, istalgan narsa sodir bo‘lishi mumkin.
«Real» — «Manchester Siti»: 27 fevral 01:00, «Match TV»
Ronaldu yangi rekordlar sari
«Siti» — Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy favoritdir, ammo maksimal darajadag ishtiyoq nafaqat inglizlarda, balki «Yuventus»da ham bor. Turinliklarning ishtiyoqi har yili davom etadi: 1990-yillardan buyon mazkur italyan klubi Chempionlar ligasida biror marta g‘olib chiqmadi, faqat finallarda o‘ynab yutqazdi. Ammo o‘tgan mavsumda «Yuventus»ga Ronaldu keldi, portugaliyalik futbolchi hozirda juda yuqori sport formasida: u Italiya chempionatida qatorasiga 11 o‘yinda raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Barcha turnirlar doirasidagi so‘nggi 15 o‘yinda u 19 gol urgan, faqat kubok o‘yinida «Latsio»ni «kechirgan».
Nihoyat Kellini sog‘ayib maydonga qaytgan, chbu «Yuventus» uchun — kuchayishdir. U tarkibda bo‘lganida turinliklar darvoza daxlsizligini saqlash imkoniyati ortadi, qolaversa raqib muammolar ichida qolgan. «Lion» o‘tgan yil oxirida o‘z yetakchisi Memfis Depaydan ayrilgan, bu futbolchi tizzasidan og‘ir jarohat olib safdan chiqqach, jamoaning natijalari keskin yomonlashib ketgandi. O‘tgan turda jamoa Fransiya chempionati autsayderi «Mets»ni yengdi va chempionat turnir jadvalida yettinchi o‘ringa ko‘tarildi, ammo klub hali Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlardan uzoqda qolmoqda.
Bu juftlik YeChL 1/8 finalida g‘olib oldindan aniq bo‘lgan yagona juftlik edi. Ronaldu hozirda yo‘lidan kim chiqsa gol uradigan kayfiyatda, u bunday kuchsiz raqibga gollar urishi ham mumkin — u oltinchi marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni juda istamoqda va bu bilan Janluiji Buffonga yordam bermoqchi. O‘tgan mavsumda «Yuventus» 1/8 finalda «Atletiko»ga birinchi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi, bu safar turinliklar diqqatni yo‘qotmasliklari tayin.
«Lion» — «Yuventus»: 27 fevral 01:00, «Match! Futbol 1»
Mavzuga oid
11:12 / 19.12.2024
«Real»da yangi sovrin, «Arsenal»ga hakamlar yordam berdi, Shomurodov gol urdi
12:23 / 15.12.2024
«Liverpul» ochko yo‘qotdi, «Real» uchta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
10:10 / 11.12.2024
Mbappe gol urdi va jarohat oldi, ammo «Real» bir amalladi. YeChLda kun o‘yinlari
12:04 / 08.12.2024