Jamiyat | 23:21 / 29.02.2020
7446
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ilk bor ko‘zi ojizlar uchun spektakl qo‘yildi

Toshkent shahrida ikl bor «inklyuziv teatr» amaliyoti ishga tushdi. Ya'ni ko‘zi ojizlar uchun moslashtirilgan spektakl namoyish etildi.

28-29 fevral kunlari Yoshlar davlat teatrida ilk bor ko‘zi ojiz va ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlar uchun moslashtirilgan sahna asarlari namoyish etildi. Sahna asarlari tomoshasi uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi ko‘rish bilan bog‘liq muammoga ega aholi taklif etilgan.

Foto: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi

Ko‘zi ojiz insonlarning ham barcha qatori madaniy hordiq chiqarishiga imkon yaratishni ko‘zda tutuvchi inklyuziv teatr loyihasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda.

Foto: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi

Teatrga taklif etilganlar maxsus tiflosharhlash qurilmalari bilan ta'minlangan bo‘lib, ular sahnada kechayotgan jarayonning ovozli talqinini quloqchinlar orqali tinglashadi. Sahna asarining syujyeti lo‘nda shaklda, o‘z navbatida, batafsil − tinglovchida to‘liq tasavvur hosil bo‘ladigan tarzda hikoya qilinadi.

Foto: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi

Inklyuziv teatrda Timur Zulfiqorov dostoniga asoslangan “Xo‘ja Nasriddinning ilk muhabbati” (Pervaya lyubov Xodji Nasreddina) shousi hamda Nabi Abdurahmonov rejissyorligidagi “Ixtiyorsiz tabib” (Lekar ponevole) sahna asarlari namoyish etildi.

Foto: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi
Foto: Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi

Teatrlarda inklyuziv muhitni yaratish, ularni tiflosharhlash vositalari bilan ta'minlash ishlari 2019 yil noyabr oyida o‘tkazilgan Samarkand Half Marathon xayriya tadbiridan tushgan mablag‘lar asosida amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid