Jamiyat | 23:20 / 16.03.2020
52056
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganining ikkinchi kuni. Aholining fikri qanday?

O‘zbekistonda koronavirus kasalligi aniqlanganiga ikki kun bo‘ldi va unga chalinganlarning soni 8 kishiga yetdi. Bu holat aholi o‘rtasida qanday fikrni uyg‘otdi, vahima qilishga arzigulikmi? Shu kabi savollarga javob olish maqsadida, bugun Toshkent shahri aholisidan ijtimoiy so‘rov o‘tkazdik.

So‘rovnomada fuqarolar bu vaziyatga ko‘ra o‘z fikrini va munosabatini bildirishdi.

O‘zbekistonda koronavirus kasalligi aniqlanganiga ikki kun bo‘ldi va unga chalinganlarning soni 8 kishiga yetdi. Bu holat aholi o‘rtasida qanday fikrni uyg‘otdi, vahima qilishga arzigulikmi? Shu kabi savollarga javob olish maqsadida, bugun Toshkent shahri aholisidan ijtimoiy so‘rov o‘tkazdik. So‘rovnomada fuqarolar bu vaziyatga ko‘ra o‘z fikrini va munosabatini bildirishdi.

Yo‘llarni kuzatar ekanmiz, odamlarning ko‘zida hech qanday tashvish yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin. Ba'zi kasallar sabab boshqalar ham  vahimaga tushishidan nima naf? Ko‘rinib turibdiki, hozirda holat ancha yaxshi. Shu sababli ba'zi tushkun kayfiyatga tushib qolgan odamlarni tinchlantirish, ularga imkon boricha ushbu holatlarni tushunarli yo‘llar bilan yetkazishga harakat qilish zarur. Zero, vaziyat vahima qo‘zg‘ash darajasida emas. Xalqimizdan imkon boricha bosiqlik bilan yo‘l tutishni so‘rab qolamiz.

Mavzuga oid