O‘zbekiston | 20:21 / 23.03.2020
21979
2 daqiqa o‘qiladi

AKFA Medline karantindagi bemorlarni bepul joylashtirishga tayyor

Toshkent shahrida joylashgan AKFA Medline xususiy klinikasi koronavirus tufayli karantinga olinadigan bemorlarni o‘z shifoxonasiga bepul joylashtirishni taklif qilmoqda. Bu haqda klinika ma'muriyati Kun.uz'ga ma'lum qildi. 

Foto: AKFA Medline

Bundan tashqari, klinika bemorlarga joy ajratish bilan birga malakali shifokorlar xizmatini ham taklif qilgan. 

«Bugungi kunda, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda dunyodagi davlatlar birlashmoqda va insonparvarlik yordamlari ko‘rsatilmoqda. Shu o‘rinda, AKFA Medline klinikasi ham bu pandemiyaga qarshi kurashishda yurtdoshlarimizni karantinda saqlash uchun o‘z klinikasi, xodimlari va mutaxassislari bilan «Pandemiyani birgalikda yengamiz!» shiori ostida Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz ko‘makdosh bo‘lishga tayyor ekanligini ma'lum qiladi», – deyiladi klinika xabarida. 

Ayni paytda koronavirusga qarshi kurashish ishlariga 5,5 mingga yaqin tibbiyot xodimi jalb etilgan.  Hukumat qo‘llayotgan chora-tadbirlar, qarshi kurash vositalariga hamohang ravishda jamoatchilikning birlashuvi, bir yoqadan bosh chiqarishi ham muhim sanaladi. 

Bundan avval, Kun.uz tahririyati ham shifokorlarimizga tashakkur bildirish maqsadida o‘ziga xos chellenjga qo‘shilib, tushlik tashkil etishga qaror qilgandi.

#mehnatingizniqadrlaymiz – Tibbiyot xodimlarimizni qo‘llab-quvvatlash chellenjiga siz ham qo‘shiling .

Mavzuga oid