Sport | 08:48 / 31.03.2020
8094
1 daqiqa o‘qiladi

Yengil atletika bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionati bir yilga qoldirildi

Yengil atletika bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionati Tokio Olimpiadasi 2021 yilga ko‘chirilgani sababli 2022 yilga qoldirildi.

Foto: Li Ming/Global Look Press

Bu haqda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi World Athletics saytida ma'lum qilindi. 

Dastlabki rejaga ko‘ra, jahon chempionati AQShning Yujin shahrida 2021 yil 6-15 avgust kunlari o‘tkazilishi kerak edi. Biroq 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgan 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi o‘tkaziladi.

Shu sababli ikki musobaqa ustma-ust tushib qolmasligi maqsadida yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatini bir yilga qoldirishga qaror qilingan. Jahon chempionatining yangi sanasi musobaqa tashkilotchilari bilan muhokama qilinadi.  

Mavzuga oid