Sport | 01:24 / 02.04.2020
17403
2 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov: «Karantinda o‘tiribman, Fergyuson bilan jang bo‘lmaydi»

UFC bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov 18 aprelga mo‘ljallangan Toni Fergyuson bilan jang o‘tkazilmasligini ma'lum qildi.

Foto: Getty Images

«Uyda karantinda o‘tiribman va odamlarning jang atrofidagi gaplarini o‘qib hayron qolyapman. Ularning gapidan kelib chiqadiki, butun dunyo karantin qoidalariga rioya qilib uyda o‘tirishi, Habib esa dunyo bo‘ylab uchib mashg‘ulot o‘tkazishi kerak, shundaymi? Jang uchun hayotimni xavf ostiga qo‘yishim kerakmi?

Hammasini tushunib turibman, jang qoldirilgani uchun sizdan kam xafa emasman. Jangdan keyin mening ham rejalarim bor edi, ammo bo‘layotgan voqealar nazorati mening qo‘limda emas. Salomatligingizni asrang va o‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring», deb yozdi Nurmagomedov instagramdagi sahifasida.

Habib Nurmagomedov 2018 yil 7 oktyabrda irlandiyalik Konor Makgregorni yengib jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgan va 2019 yil 7 sentabr kuni Dastin Puare bilan jangda kamarni himoya qilgandi. Toni Fergyuson hamda Habib Nurmagomedovning jangi umumiy hisobda 5-marta bekor qilindi.

Mavzuga oid