O‘zbekiston | 08:05 / 29.04.2020
21680
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli shamol telekommunikatsiya tizimiga ham talafot yetkazdi 

Ayniqsa, Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida tabiiy ofat telekommunikatsiya tarmoqlarida sezilarli darajada talafot yetkazdi.

Qorako‘l tumani / Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 27 aprel kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lib, ob-havoni keskin yomonlashuvi natijasida telekommunikatsiya tarmoqlarida mobil aloqa baza stansiyalari va antenna-machta inshootlarini shikastlanishi kabi holatlari qayd etildi.

Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, ayniqsa Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida tabiiy ofat telekommunikatsiya tarmoqlarida sezilarli darajada talafot yetkazdi.

Bildirilishicha, ushbu hududlardagi telekommunikatsiya tarmoqlarida tabiiy ofat oqibatlarini qisqa muddatlarda bartaraf etilishi tashkil etish hamda barqaror aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini qayta tiklash uchun soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarning zaxira kuchlarini hududlarga safarbar etdi.

“Ayni vaqtda tabiiy ofat oqibatlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. Ushbu davrda foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatilishida to‘xtalishlar va uzilishlar kuzatiladi”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid