O‘zbekiston | 16:51 / 16.05.2020
16704
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklarni olib kelish uchun parvoz qilgan samolyot Rostov-Donga qo‘ndi

13-24 may kunlari xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 13ta charter reys amalga oshirilishi belgilangan. Shulardan 7tasida Rossiyadagi o‘zbekistonliklar olib kelinadi.

Foto: RIA Novosti

Bortida 46 nafar Rossiya fuqarosini olib ketgan "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasining Toshkentdan parvoz qilgan samolyoti Rostov-Donga qo‘ndi. Samolyot O‘zbekiston fuqarolarini olib vatanga qaytadi, deb xabar berdi Rostovdagi "Platov" aeroporti vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Toshkentga O‘zbekistonning 260 nafar fuqarosini olib keladi.

Avvalroq 13 mayga qadar 65 ming kishi Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish istagini bildirib, charter reyslar ro‘yxatiga yozilgani aytilgandi.

13-24 may kunlari xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 13ta charter reys amalga oshirilishi belgilangan. Shulardan 7tasida Rossiyadagi o‘zbekistonliklar olib kelinadi.

Rostov-Dondan tashqari, Qozon (17 may), Moskva (18, 20 may), Sankt-Peterburg (19 may), Novosibirsk (23 may) shaharlaridan charter reyslar tashkil qilinadi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, charter reyslarda birinchi navbatda quyidagi fuqarolar olib kelinadi: keksalar, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar.

Charter reyslar uchun chiptalar narxi minimal tarifdan yuqori bo‘lmasligi belgilangan.

Olib kelinganlar kamida 14 kunga karantin majmuasiga joylashtiriladi va yashash sharoiti, oziq-ovqat, zaruriy maishiy jihozlar va gigiyena vositalari bilan ta'minlanadi.

Mavzuga oid