Xitoydagi cho‘l ko‘p yillik sa'y-harakatlar evaziga yashil vohaga aylandi
Xitoyning 4 ta asosiy cho‘llaridan biri bo‘lgan Mu-Us cho‘li mamlakat shimoli-g‘arbidagi Shensi provinsiyasi xaritasidan “yo‘qoldi”, chunki uning 93 foizdan ko‘proq qismi yashil vohaga aylantirildi.
Cho‘l 42200 kvadrat kilometr maydonni egallagan. Avval bu maydonda na daraxtlar va na qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘lgan. Shamol va cho‘ldan kelgan qum bo‘ronlari tufayli cho‘l chekkasida joylashgan Yuylin shahri uch marta janubroqqa ko‘chishiga to‘g‘ri kelgan.
Mahalliy aholi qum bo‘ronlarini to‘xtatish uchun 1959 yildan boshlab daraxtlar o‘tqaza boshlagan. Natijada ko‘p yillik sa'y-harakatlar yashil maydonning shimol, ya'ni cho‘l tomon 400 kmga kengayishiga olib kelgan.
“Cho‘l xaritadan yo‘qoldi, deganda bo‘m-bo‘sh yerlar bugungi kunda yo‘qolganini nazarda tutmoqdamiz. Agar o‘z sa'y-harakatlarimizni davom ettirsak, qolgan 30 ming gektar cho‘l ham yo‘qoladi”, deb aytgan provinsiyaning o‘rmonlar bo‘yicha byurosi rahbari Dan Shuanjen.
Ta'kidlanishicha, 1950-yillarda Yuylin shahrining o‘rmon bilan qoplanganligi darajasi bor-yo‘g‘i 0,9 foizni tashkil qilgan, hozirda bu ko‘rsatkich 33 foizga yetgan.
Hozirda mahalliy aholi koronavirus pandemiyasi sababli yo‘qotilgan vaqtning o‘rnini qoplash uchun bor imkoniyatni ishga solmoqda: may oxirigacha qolgan cho‘l hududining 400 gektariga daraxtlar ekish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
10:52 / 10.08.2024