Fan-texnika | 22:04 / 29.05.2020
13719
2 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask Cybertruck avtomobilida Los-Anjyeles ostidagi tunneldan o‘tdi (video)

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaseX kompaniyalari rahbari Ilon Mask  teleboshlovchi Jyey Leno bilan birga Tesla’ning yangi modeli Cybertruck’da Los-Anjyelesda qurilgan yer osti tunnelidan o‘tdi. 

Ushbu hodisa Lenoning Jay Leno's Garage teleshousida aks etgan. Mask Lenoga mashinani sinab ko‘rishni taklif qilgan. Dastur boshida ular yangi elektromobilning dizaynini muhokama qilishadi. Bunda Tesla dizayneri Frans fon Xolsxauzen mashina yukxonasining surilib ochiluvchi qopqog‘ini ko‘rsatadi, Mask esa uning ustiga chiqib, konstruksiyaning qanchalik mustahkam ekanligini namoyish qiladi.

Ta'kidlash joiz, dastur Cybertruck hali tajribaviy namuna sifatida mavjud bo‘lgan yanvar oyida suratga olingan.

Mask teleboshlovchi bilan suhbatda mashinaning seriyali ishlab chiqariluvchi versiyasi standart garajga kira olishi uchun uning o‘lchamlarini 5 foizga kamaytirmoqchi ekanligini ma'lum qiladi.

Cybertruck o‘zining katta o‘lchamlariga qaramay, 1,5 kilometrlik tunnelga kira olgan va uni to‘liq bosib o‘tgan. Tunnel oxirida mashina maxsus platformaga qo‘yilib, yer sirtiga chiqarilgan. 

Tesla Cybertruck 2019 yil 22 noyabrda taqdim qilingan. U 2021 yil oxirida 39990 dollarlik boshlang‘ich narx bilan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.  

Mavzuga oid