AQShda yozgi oromgohlar virtual tarzda tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda
AQShda pandemiya sababli bolalar yozgi oromgohlarining ochilmasligi aniq bo‘lib bormoqda. Oromgohlarning ko‘pchiligi esa onlayn tarzda faoliyat ko‘rsatishi haqida aytilmoqda. Biroq bu ba'zi oilalar uchun ma'qul variant emas.
The New York Times`ning yozishicha, AQSh Oromgohlar assotsiatsiyasi va YMCA xalqaro yoshlar tashkiloti yozgi oromgohlar uchun yangi yo‘riqnomalar ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, oromgohlarning ochilish-ochilmasligi shtatlar va mahalliy hokimiyat tavsiyasi bilan hal qilinadi. Bunda o‘sha hududdagi aholi orasida koronavirus qay darajada tarqalgani ham e'tiborga olinadi.
Bu esa mamlakatning ba'zi qismlarida oromgohlar ochilishi imkonsiz ekanini ko‘rsatadi. Bu holatda ko‘pgina oromgohlar virtual tarzda ish boshlashni maqsad qilgan. Ular turli ijtimoiy tadbirlar, hunarmandchilik mashg‘ulotlari va jismoniy mashqlarni masofaviy tarzda o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishyapti.
Albatta, bunda bolalarda sayr qilish va cho‘milish imkoni bo‘lmaydi. Agar uy tashqarisida Wi-Fi bo‘lmasa, ular qo‘llaridagi qurilma bilan tashqariga ham chiqa olmasliklari mumkin.
Shunday vaziyatda ham virtual oromgohlar bolalarni xursand kayfiyatda va faol bo‘lishini ta'minlay olishi yoki olmasligi, ishlaydigan ota-onalarning bolalariga yetarli parvarish bera olish-olmasligi so‘roq ostida qolmoqda.
Ko‘plab ota-onalar bularni ilojsiz deb hisoblayapti. Ogasta shahrida yashovchi 3 nafar farzandning onasi Rebekka Alvin ham shunday fikrda. U bolalari ekran boshqaruvida ortiq vaqt sarflashga ehtiyoj yo‘qligini, bu yozda ham, bundan keyin ham onlayn oromgohlarga bormasliklarini ta'kidlaydi.
Ota-onalarning onlayn oromgohlarga ishonch bildirmayotganlariga turli sabablar bor. Masalan, ko‘pchilik bolalarining bahorda ekran qarshisida juda ko‘p vaqt sarflab bo‘lishganini aytmoqda.
«2 oydan oshiq vaqt mobaynida onlayn maktab mashg‘ulotlarida qatnashgan bolalarim uchun kontent qanchalik qiziq bo‘lishidan qat'i nazar, yoz ham kompyuterga bog‘liq bo‘lishini xohlamayman. Yaxshisi ularga ko‘chada o‘ynashga ruxsat beraman», – deydi evanstonlik 10, 8 va 5 yoshli bolalarning onasi Kira Kollins.
Ko‘plab ota-onalar bolalar vaqtining asosiy qismini ichkarida sarflashi mo‘ljallanayotgan yozgi oromgohlarga shubha bilan qarashyapti.
«Mening bolam tashqarida bo‘lishi kerak», deb hisoblaydi 6 yoshli bolaning onasi Shennon Bresher Shi. Nyu-Yorkda yashovchi 4 yoshli bolakayning onasi Sandra Albrext esa o‘zining bog‘cha yoshidagi bolasiga kompyuter yonida o‘tirish emas, ko‘proq jismoniy harakat qilish muhimligini ta'kidlaydi.
Ko‘pchilik oromgohlar toza havoda bajariladigan mashg‘ulotlarni o‘z jadvallariga kiritayotgan bo‘lishsa-da, buning qanday qilib amalga oshirilishini tushunish qiyin. Chunki tashqariga chiqish – kompyuterni o‘chirish demakdir.
Shunday bo‘lishiga qaramay, ixtisoslashgan oromgohlar bolalarning ma'lum ko‘nikmalari ustida ishlashga e'tibor qaratmoqda. Bu esa virtual oromgoh tanlovi maqbul variant bo‘lishiga yordam berishi mumkin, biroq ishlarni o‘ta ehtiyotkorlik bilan tashkil qilish lozim.
STEAM mashg‘ulotlari bilan ishlovchi Snapology tashkiloti asoschisi Laura Kouning aytishicha, uning jamoasi o‘tgan bir necha oy davomida 4 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan virtual oromgohlarni sinovdan o‘tkazgan.
Maqsad esa bu kabi oromgohlar tomonidan bolalarni kuniga 3 soat band qiladigan dastur ishlab chiqilishiga erishishdan iborat.
«Va buning bilan ota-onalar 3 soat bemalol o‘z ishlarini bajarishlari mumkin bo‘ladi», – deydi Laura Kou.
Oromgohlar individual yoki kichik guruhlardan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda. San'at va musiqa oromgohlari ham virtual ishlashi ko‘zda tutilgan.
Interloken san'at oromgohi ham bu yil onlayn tarzda ishlash niyatida, oromgoh instruktorlari onlayn shaklda bo‘lajak musiqachi va rassomlarni virtual darslar, amaliy va kunlik texnik mashg‘ulotlar bilan ta'minlamoqchi.
Onlayn oromgohlarning asosiy muammosi – ayrim yoshdagi bolalarga ota-ona qarovi baribir shart bo‘lishi bo‘lishida namoyon bo‘lmoqda.
Masalan, kichik yoshli bolakaylar ekran qarshisida o‘tirishlari lozimligini va ulardan tarbiyachilari nima so‘rayotganini tushunmaydilar, oqibatda ota-onalari ham ular bilan ekran qarshisida mixlanib o‘tirishi, mashg‘ulotlarda bolalari bilan qatnashishlari kerak.
Bundan tashqari, oromgohlarga do‘st orttirish uchun boradigan bolajonlarga ham onlayn oromgohlar yoqmasligi mumkin.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024