Sog‘lik uchun zararli mahsulot va taomlar
Kundalik hayotimizda iste'mol qilish jarayonida taomlarning organizmga ko‘rsatadigan ta'siri haqida o‘ylab ham ko‘rmaydigan bir qator oziq-ovqat turlari mavjud. Quyidagi ro‘yxatda sog‘lig‘imiz, kuch va yoshligimizning yashirin dushmanlari aks etgan. Nega aynan ular? Buning sababi juda oddiy, ushbu muntazam ravishda iste'mol qilinadigan oziq-ovqatlar vazn ortishi, ajin va toshmalar paydo bo‘lishi, shuningdek, kapillyar qon tomirlari kengayishiga hissa qo‘shadi.
Shakar
Albatta, ro‘yxatni shakar boshlab beradi. Shirinliklarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilishning zararli tomonlari haqida allaqachon ko‘p narsa aytilgan. Aynan shakar so‘lg‘in, rangpar yuz terisi, tsellyulit va ajinlar uchun javobgardir. Albatta, ortiqcha vazn uchun.
Ratsionda shirin oziq-ovqat ko‘payishi tana kislotasini haddan tashqari oshirib yuboradi, immunitetni pasaytiradi va qarishga qarshi gormonlar ishlab chiqarishni kamaytiradi.
Tabiiy asal, qiyom, steviya o‘simligi shakar o‘rnini bosuvchi foydali mahsulot bo‘la oladi. Pishiriqlar o‘rniga quritilgan mevalar iste'mol qilish yaxshiroq.
Spirtli ichimliklar
Yodda tutingki, spirtli ichimliklar tanaga hech qanday foyda keltirmaydigan bo‘sh kaloriya hisoblanadi. Spirtli ichimliklarni muntazam iste'mol qilish gormonal muvozanat va jigar faoliyatini ishdan chiqaradi. Bundan tashqari, alkogol qon ta'minotini buzadi.
Konservalangan mahsulotlar
Konserva mahsulotlarining aksariyati tarkibida depressiya va gormonal uzilishlarga olib keladigan kimyoviy qo‘shimchalar saqlaydi.
Qovurma taomlar
Mahsulot qancha ko‘p qiyomi chiqarib qovurilsa, undagi ozuqaviy moddalar shuncha kamayadi, charchoq va yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan og‘ir elementlar esa ko‘payadi. Hatto cho‘g‘da pishirilgan sabzavotlar ham tanaga foyda keltirmaydi.
Gazli ichimliklar
Bir stakan gazli suv tarkibida 10 osh qoshiq tozalangan shakar mavjud. Bundan tashqari, ushbu ichimliklar o‘z tarkibida qarishni tezlashtiruvchi fosfatlar saqlaydi. Shuningdek, parhezbop gazlangan suvlarga urg‘u beradigan reklamalarga ishonmaslik kerak – sun'iy shirin ta'm beruvchi qo‘shimchalar shakardan ko‘ra kam zararli emas. Notabiiy moddalar ovqat hazm bo‘lish jarayonini sekinlashtiradi.
Sut mahsulotlari
Hozirda gipermarketlarda sotiladigan sut mahsulotlari juda ko‘p miqdorda antibiotik va gormon qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi va ular tanaga insulin moddasi singishiga sabab bo‘ladi. Bu terining holatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Sut oqsili, kazein, shakar va laktoza yallig‘lanishni, gaz yig‘ilishi, shish va vazn ortishiga olib keladi. Shuningdek, echki va qo‘y sutidan tayyorlangan pishloq hazm qilinishi sigir sutidan tayyorlangan mahsulotlarga qaraganda osonroq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:27 / 09.12.2024
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi
15:55 / 05.11.2024
Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot
13:55 / 09.10.2024
Shakar qarish jarayonini tezlashtirishi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 15.06.2024