Tramp gipertovushli qurol ishlab chiqish uchun harbiy davr qonunidan foydalandi
AQSh prezidenti Donald Tramp gipertovushli qurol yaratish bo‘yicha dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshirish uchun harbiy davr qonuniga muvofiq harakat qilgan. 1950 yilda Koreya urushidan keyin qabul qilingan mudofaa sanoati haqidagi ushbu qonun urush yoki favqulodda vaziyat holatlarida qo‘llanadi.
Trampning ta'kidlashicha, ushbu qonun bunday texnologiyalarni rivojlantirish oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun eng iqtisodiy samarali usul hisoblanadi. Jumladan, Pentagon gipertovushli qurol ishlab chiqarishda AQShning Rossiya va Xitoydan ortda qolayotganini bir necha marta tan olgan.
Avvalroq Tramp AQSh hozirda mavjud raketalardan 17 marta tezroq bo‘lgan gipertovushli raketa ishlab chiqayotganini ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, raketa 1,6 ming km uzoqlikdagi nishonni 35,5 sm gacha aniqlikda mo‘ljalga oladi. Yanada avvalroq u bunday qurolni “super-puper raketa” deb atagandi hamda AQSh “misli ko‘rilmagan darajadagi” texnikani “raqiblar” sababli ishlab chiqishga majbur bo‘layotganini aytgan.
Mavzuga oid
08:56
AQSh Ukrainaga 1,25 mlrd dollarlik yordam paketini tayyorlamoqda
07:50
AQSh AZAL layneri Rossiya HHM zarbasi tufayli halokatga uchragani belgilarini ko‘rmoqda
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024