Jamiyat | 09:37 / 03.07.2020
4228
3 daqiqa o‘qiladi

403ta davlat aktivi 773,5 mlrd so‘mga sotildi - «Davaktiv»

Bugungi kunda 391 ta davlat aktivi ommaviy savdolarga chiqarilgan. 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yil 1 iyul holatiga ko‘ra, 403 ta davlat aktivi (58 ta aksiya va ulushlar, 345 ta davlat ko‘chmas mulk obekti) 773,5 mlrd so‘mga, 5,1 trln so‘m investitsiya kiritish va 5788 ta yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan sotildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, “1 so‘m” boshlang‘ich narxda auksion savdolariga chiqarilgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Namuna MFYdagi sobiq qozonxona binosi 441,0 mln. so‘mga, 120,0 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan, Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, “Qarashiq” mahallasidagi sobiq muzey binosi 571,4 mln. so‘mga, 160,0 mln. so‘m investitsiya kiritish sharti bilan sotildi.

“Shoxrud” AJning 51 foiz aksiya paketi 11,9 mlrd. so‘mga, “Namanganvino” AJning 57,2 foiz aksiya paketi 10,0 mlrd so‘mga, “Energota'mir” AJning 10 foiz aksiyasi 3,2 mlrd. so‘mga sotildi.

Bugungi kunda 391 ta davlat aktivi ommaviy savdolarga chiqarilgan. Shundan, 81 ta mas'uliyati cheklangan jamiyatning davlat ulushlari va 273 ta davlat ko‘chmas mulk obektlari “Ye-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga, 37 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat aksiya paketlari “Toshkent” respublika fond birjasi savdolariga chiqarilgan.

Jumladan, tadbirkorlik sub'yektlari uchun katta qiziqish uyg‘otadigan “O‘zneftgaz” AJga tegishli bo‘lgan va bugungi kunda Agentlikka o‘tkazilgan Nukus shahridagi “Nukus Polimer” MChJ, Navoiy viloyatidagi “Polietilen Quvurlar” MChJ, “Polipropilen Quvurlar” MChJlarining 100 foiz, Toshkent shahridagi “Uztatgeoservis” MChJning 50 foiz davlat ulushlari hamda Sobiq “GUM” savdo markazining binolari “Ye-ijro auksion” elektron savdolariga chiqarilgan.

Shuningdek, Toshkent shahridagi “Sarbon-Neftegaz” AJning 51 foiz, yuqori daromadli bo‘lgan “Elektrqishloqqurilish” AJning 25,4 foiz, Qashqadaryo viloyatidagi “Qashqadaryoparmalash ishlari” AJning 51,2 foiz davlat aksiya paketlari “Toshkent” respublika fond birjasi savdolariga chiqarilgan.

Mavzuga oid