Jahon | 08:21 / 04.07.2020
6203
2 daqiqa o‘qiladi

YeMB yangilangan yevro banknotalarni ko‘rsatdi

Kelgusi haftada muomalaga kiritiladigan 5 va 10 yevro qiymatidagi yangilangan banknotlarda YeMB raisi Kristin Lagardning imzosi bo‘ladi.

Foto: ecb / Twitter

Yevropa Markaziy banki (YeMB) regulyator amaldagi raisi Kristin Lagardning imzosi bo‘lgan yangilangan yevro banknotalar muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida ma'lum qildi.

«5 va 10 yevrolik banknotlar yangi imzo qo‘yilgan banknotlardan birinchi bo‘lib muomalaga kiritiladi, bu kelgusi haftada amalga oshadi», - deyiladi YeMBning «Tvitter»dagi sahifasida.

Lagard YeMB rahbari lavozimini 2019 yil 1 noyabrda egalladi, ammo hozirga qadar faqat uch nafar sobiq rahbarning imzolari bo‘lgan banknotlar muomalada bo‘lib keldi - Vim Duyzenberg (1998-2003 yillarda YeMB rahbari), Jan-Klod Trishe (2003-2011) va Mario Dragi (2011–2019). YeMBning bildirishicha, regulyator sobiq rahbarlari imzosi qo‘yilgan banknotalar yangi pullar chiqarilgandan keyin ham qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib qoladi.

«O‘tgan yilning noyabr oyida yevro banknotalarga imzo qo‘ydim - hozirda tayyor mahsulotni ko‘rish naqadar ajoyib. Yevro banknotalar - bu Yevropa integratsiyasining ramzi, ular birgalikda nimaga erishganimizni eslatib turadi», - dedi Lagard.

Mavzuga oid