O‘zbekiston | 15:55 / 11.07.2020
10721
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2 kg simob moddasini sotayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida, yo‘l chetida fuqaro M.M.ning sumkasidagi shisha idish ichida umumiy qiymati salkam 54 million so‘mlik 2 kg. simob moddasini «shartli xaridor»ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan to‘xtatib qolindi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tezkor tadbir Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Ma'lumot uchun, simob va simobli birikmalar – davlat standartiga muvofiq 8-toifadagi xavfli yuklarga kiradi.

 

Mirobodda 170 mln so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muxofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda, Toshkent shahar Mirobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro Sh.O.ning Mirobod tumanida joylashgan xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon yer to‘lasidan fuqaro Sh.G.ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 57 million so‘mlik, jami 4740 quti har xil turdagi O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagan, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, fuqaro Sh.O.ning onasi Sh.G. ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadonning chap tomondagi xona va uning ostidagi yer to‘lasidan umumiy qiymati 113,6 million so‘mlik, jami 6350 quti O‘zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagan, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilganini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari noqonuniy saqlanayotgani fosh qilindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 170 550 000 so‘mlik jami 11 090 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid