Tramp TikTok’ni AQShda taqiqlamoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok ilovasining Amerika hududida ishlashiga taqiq joriy etmoqchi, deb yozmoqda Bloomberg.
«Modomiki [biz] TikTok [mavzusi]ni tilga olgan ekanmiz, uni AQShda taqiqlaymiz», — degan davlat rahbari Floridadan Vashingtonga qaytayotgan samolyoti bortida jurnalistlarga.
Amerika yetakchisi bu borada kerakli ijro farmoni imzolashi yoki favqulodda iqtisodiy vakolatidan foydalanishi mumkinligini aytib o‘tgan.
Avvalroq Microsoft Xitoyning TikTok onlayn servisini xarid qilish borasida muzokaralar boshlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Servis Xitoyning ByteDance internet kompaniyasiga tegishli. Tramp mamlakat hokimiyati TikTok’ka qarshi turli choralar qo‘llash, jumladan uni taqiqlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Bir haftacha muqaddam ayrim amerikalik investorlar TikTok’ni bosh kompaniya ByteDance’dan sotib olish imkoniyatini o‘rganib chiqayotgani ma'lum bo‘lgan edi. Bu ko‘rsatkichlari tobora o‘sib borayotgan ilovani ByteDance nazorat qila olmayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
21:15 / 22.12.2024
Albaniyada 14 yoshli o‘smirning o‘limi sabab TikTokʼdan foydalanish taqiqlanadi
20:34 / 17.12.2024
TikTok ustidan tergov boshlandi, u Ruminiyadagi saylovga aralashgan bo‘lishi mumkin
22:52 / 14.12.2024
TikTok AQShda yana bir sudda yutqazdi - platforma tez orada taqiqlanishi mumkin
18:48 / 07.12.2024