NASA bir qator samoviy jismlarni «haqoratomuz nomlari» sababli qayta nomlaydi
NASA ba'zi samoviy jismlarning norasmiy nomlaridan haqoratomuzligi sababli voz kechib, ularni qayta nomlashga qaror qildi. Bu haqda koinot agentligida ma'lum qilindi.
Shu tariqa, NASA mo‘ynali kapyushonda bo‘lgan odam boshiga o‘xshashligi tufayli “Eskimos tumanligi” deb atalgan samo jismini uning Xalqaro astronomik ittifoqdagi rasmiy belgilanishi - NGC 2392 bilan ataydi.
NASA’da ta'kidlanishicha, bu nomlanish irqiy kelib chiqishga ega va Arktikaning tub xalqlariga mustamlakachilar tomonidan berilgan “eskimos” so‘zi bilan bog‘langan.
Bundan tashqari, NGC 4567 va NGC 4568 spiral galaktikalari endilikda “Siam egizaklari galaktikasi” deb atalmaydi.
“Maqsadimiz barcha nomlar turfa xilligimiz qadriyatlariga muvofiq kelishidan iborat va biz bunga erishish uchun ilmiy hamjamiyat bilan faol ish olib boramiz. Fan barcha uchundir va ishimizning har bir jihati shu qadriyatni aks ettirishi lozim”, deyilgan agentlik xabarida.
3 iyulda Twitter ijtimoiy tarmog‘i “qul”, “xo‘jayin”, “qora ro‘yxat”, “oq ro‘yxat” va boshqa bir qator so‘zlarni irqchilik bilan bog‘lanishi mumkinligi sababli o‘z dastur kodlaridan o‘chirib tashlagan.
AQShda qora tanli Jorj Floyd politsiya tomonidan hibsga olinish vaqtida kuch qo‘llanishi oqibatida vafot etgandan keyin boshlangan noroziliklar ortida irqchilikka shama qiluvchi so‘zlardan xalos bo‘lish keng tus oldi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.12.2024
NASA zondi Quyoshga rekord darajada yaqinlashadi
15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi
22:00 / 13.12.2024
NASA yangi sun’iy yo‘ldoshi okean tubining eng batafsil xaritasini yaratdi
13:48 / 02.12.2024