Surxondaryoda yuk mashinasida sodir bo‘lgan yong‘in haqida ma'lumot berildi
Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon qismi va ikkita old shinalari yong‘indan zararlangan.
2020 yil 14 avgust kuni soat 12:59larda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani M-41 yo‘lining 1515-km.da harakatlanib ketayotgan, MChJga qarashli, 2019 yilda ishlab chiqarilgan oq rangli HOWO A-7 rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in joyiga Sho‘rchi tumani FV bo‘limining 22-YoQQdan 2 ta yong‘in o‘chirish jangovar ekipaji soat 13:05da yetib borib, soat 13:12da uni o‘chirgan.
Hodisa oqibatida yuk avtomobilining salon qismi va ikkita old shinalari yong‘indan zararlangan. Ko‘rilgan sa'y-harakatlar natijasida yuk avtomobilining tirkamasi yong‘indan saqlanib qolingan, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024