Sport | 22:18 / 17.08.2020
13815
1 daqiqa o‘qiladi

5 ming metrga yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi

Ugandalik yengil atletikachi Joshua Cheptegei Monakoda yengil atletika bo‘yicha o‘tayotgan Brilliant liganing 1-bosqichi doirasida 5 ming metrga yugurish musobaqalari finalida 2004 yilgi jahon rekordini 2 soniyaga yaxshiladi.

Foto: Twitter / WorldAthletics

Sportchi 5 ming metrlik masofaga yugurishda 16 yildan beri saqlanib kelayotgan jahon rekordini yangilay oldi. 

14 avgustda o‘tgan finalda 23 yoshli sportchi 5000 metrni 12 daqiqa 35,36 soniyada yugurib o‘tgan. Cheptegei efiopiyalik yengil atletikachi, 3 karra Olimpiya chempioni Kenenis Bekele ushbu masofada 2004 yilda o‘rnatgan jahon rekordini deyarli 2 soniyaga yaxshilashga erishdi. Bekele Xengeloda (Niderlaniya) o‘tgan musobaqalarda 5 ming metrni 12 daqiqa 37,35 soniyada yugurib o‘tgan edi.

Mavzuga oid