O‘zbekiston | 11:32 / 24.08.2020
13659
2 daqiqa o‘qiladi
Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi?
Abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.
Joriy yilning 22 avgust kunidan abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasini berish boshlandi.
Davlat test markazi mazkur ruxsatnoma kimlarga berilmasligi bo‘yicha masalaga oydinlik kiritdi.
Ular:
- test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta'lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga (ular o‘zlari tanlagan oliy ta'lim muassasalariga murojaat qilishlari kerak);
- belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga;
- belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin keyinchalik tizimdan akkauntini o‘chirgan abituriyentlarga;
- tegishli tartibda ta'lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport ma'lumotlarini kiritgan, lekin ta'lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan);
- test sinovlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari).
Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.
Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.
Mavzuga oid
14:52 / 20.12.2024
Eron O‘zbekistonning qator mahsulotlariga eksport uchun ruxsatnoma beradi
07:40 / 13.09.2024
Tadbirkorga turar joy binosi qurishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
08:39 / 09.07.2024
Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi
13:18 / 22.01.2024