"Lukoyl" Hisor konida gaz qazib olishni butunlay to‘xtatdi
O‘zbekistonda qazib olingan gazning katta hajmi eksport qilinmagan va ichki bozorda qolgan.
Xitoy tomonidan talabning tushib ketishi natijasida "Lukoyl" Hisor konida gaz qazib olishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Pavel Jdanov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya nafaqat gazga bo‘lgan talabning tushib ketishiga olib keldi, balki quvur orqali yetkaziladigan gaz narxini suyultirilgan gazga nisbatan ko‘tarib yubordi.
"Natijada Xitoy tomonidan o‘zbek gaziga bo‘lgan talab pasaydi. Shu sababli biz O‘zbekistondagi loyihalarimizda gaz qazib olish hajmini bosqichma-bosqich qisqartirishga majburmiz. Bugungi kunda kunlik qazib olish loyiha quvvatining 20 foizga yaqinini tashkil etmoqda. Hisor loyihasi bo‘yicha gaz qazib olish butunlay to‘xtatildi", - dedi Jdanov.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda qazib olingan gazning katta hajmi eksport qilinmagan va ichki bozorda qolgan.
"Xitoy o‘zbek gazini sotib olishni tiklayotganiga qaramasdan, hozircha eksport qilmayapmiz. O‘zbekiston bilan muzokaralar natijasida 2020 yilda gazni ichki bozorda sotish bo‘yicha kelishuvga erishdik", - dedi "Lukoyl" vitse-prezidenti.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024