Jahon | 23:00 / 30.08.2020
4410
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonning eng yirik ikki riteyleri birlashishi e'lon qilindi 

Foto: Reuters

Hindistonning Reliance Industries riteyleri boshqa bir hind kompaniyasi Future Group’dan riteyl-biznesini sotib olishini e'lon qildi. Ushbu xarid Reliance’ga 3,4 mlrd dollarga aylanadi. 

Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambaniga tegishli bo‘lgan Reliance shundoq ham bungacha Hindiston bozorida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgandi. Endilikda u mamlakatdagi do‘konlarning uchdan bir qismini nazorat qiladi. Kompaniyaga Reliance brendi ostidagi supermarketlar va do‘konlar hamda bir necha franshizalar, jumladan Hamleys qimmatbaho buyumlari va o‘yinchoqlar do‘konlari tegishli.           

Boshqa bir hind milliarderi Kishor Biyaniga tegishli Future Group kompaniyasi Hindistonda yirikligi bo‘yicha 2-raqamli riteyl-tarmoqqa ega hisoblangan. Kompaniya tarkibiga o‘ndan ko‘proq brend ostidagi do‘konlar tarmog‘i kirgan. 

Mavzuga oid