Rakitich «Barselona»ni tark etdi
«Barselona» xorvatiyalik yarimhimoyachisi Ivan Rakitich «Sevilya»ga yo‘l olganini rasman ma'lum qildi.
Xorvatiyalik futbolchi sobiq jamoasi bilan 4 yillik shartnoma tuzadi.
Xabar qilinishicha, 32 yoshli futbolchining transferi uchun 1,5 mln yevro to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lab berilgan, yana 9 million yevro bonuslar ko‘rinishida berilishi mumkin. 2 sentabr kuni klub xayrlashuv marosimini o‘tkazadi.
«Barselona» Rakitichga minnatdorchilik bildiradi va unga kelajakda muvaffaqiyat tilaydi», deyiladi klub rasmiy sayti xabarida.
🚨 LATEST NEWS | Agreement with Sevilla for the transfer of @IvanRakitic
— FC Barcelona (@FCBarcelona) September 1, 2020
Rakitich 2011 yildan 2014 yilgacha «Sevilya» safida to‘p surgan, ungacha esa ko‘p yillar davomida «Shalke» va «Bazel» klublari sharafini himoya qilgan.
«Sevilya» ham Rakitich bilan 2024 yil iyuniga qadar shartnoma tuzilgani haqida e'lon qildi.
🚨 @ivanrakitic returns home, he is a #SevillaFC player once again! 🇭🇷👱♂️
— Sevilla FC (Europa League Champions 🏆) (@SevillaFC_ENG) September 1, 2020
Welcome back, Ivan! 🏠🏟️#vamosmiSevilla #WeareSevilla
2019/2020 yilgi mavsumda Rakitich barcha turnirlar doirasida 42 o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va besh golga uzatma berdi. U kataloniyaliklar klubida o‘tkazilgan 6 mavsumda jami 310 maydonda tushib, 35 gol urgan va 42 golga hammualliflik qilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024
«Siti» yana yutqazdi, «Barsa»da muhim g‘alaba. YeChLda kun o‘yinlari
12:04 / 08.12.2024