O‘zbekiston 8 oyda qancha oltin sotgani ma'lum bo‘ldi
2020 yil yanvar-avgust oylarida eksport tarkibida oltinning ulushi 50 foizga teng bo‘ldi.
2020 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-avgust oylariga nisbatan o‘sish 147,2 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 50 foizga teng bo‘ldi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.
Avvalroq, O‘zbekiston 7 oyda qancha oltin sotgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
16:17 / 03.01.2025
«Palov indeksi»: O‘zbekistonda osh narxi bir yilda qanchaga oshdi?
17:39 / 02.01.2025
Xitoy AQShning 28 ta mudofaa kompaniyasiga qarshi cheklov kiritdi
16:47 / 30.12.2024
2024 yilda AQShda uysizlar soni rekord darajaga yetdi
12:56 / 28.12.2024