Sharja amirligi xorijlik turistlar uchun ochildi
Amirlikka kirib kelganlar koronavirusga test topshiradi va natija chiqquniga qadar izolyatsiyaga olinadi.
Sharja amirligi xorijlik turistlarning amirlik hududiga kirishlariga ruxsat berdi, deb yozadi Khaleej Times nashri.
Qayd etilishicha, turistlar tashrifdan ko‘pi bilan 96 soat oldin koronavirusga topshirgan testi manfiy chiqqani to‘g‘risidagi ma'lumotnomaga ega bo‘lishlari lozim.
Amirlikka kirib kelganlar qaytadan test topshiradi va natija chiqquniga qadar izolyatsiyaga olinadi.
Agar test musbat chiqsa, turist o‘z hisobidan 14 kunlik karantinni o‘tashga majbur bo‘ladi. Ushbu qoidani buzganlar jarimaga tortiladi.
Turistlarda shuningdek, koronavirusdan davolanish xarajatlarini qoplaydigan sug‘urta bo‘lishi kerak. Samolyotda ularga sog‘ligi holati to‘g‘risidagi ma'lumotnomani to‘ldirish taklif etiladi.
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib mavjud talablar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin, deb yozadi nashr.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024