Ozarboyjonda ham harbiy holat joriy etilmoqda
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 28 sentabr kunidan e'tiboran butun mamlakat bo‘ylab harbiy holat e'lon qilinishi to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. Bu haqda prezident yordamchisi, prezident ma'muriyatining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bo‘limi mudiri Hikmat Gajiyev xabar bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 sentyabrdan bir qancha hududlarda komendantlik soati joriy etiladi (soat 21:00dan soat 5:00gacha). Bunday rejim Boku, Ganja, Sumgayt, Yevlaxe, Mingyachevir, Naftalan, shuningdek, Absheron, Jabroyil, Fuzuliy, Beylagan, Tartar, Geranboy, Bardin, Ag‘dam, Geygel, Tovuz, Gazax va boshqa hududlarda amal qiladi.
«Komendantlik soati vaqtida fuqarolar ko‘chada va boshqa jamoat joylarida maxsus ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz bo‘lishi taqiqlanadi. Farmonga ko‘ra, bir hududdan kirish va chiqishga, shuningdek, transport harakatiga cheklov qo‘llanadi», degan prezident yordamchisi.
Yakshanba kuni tongida Tog‘li Qorabog‘ va Armanistonda ham harbiy holat e'lon qilingandi. O‘z navbatida, Ozarboyjon tomoni mamlakatda umumiy safarbarlikka hojat yo‘qligi, mamlakat qurolli kuchlari safida yetarlicha askarlar borligini ma'lum qilgandi.
Yakshanba tongida Tog‘li Qorabog‘ mojarosi yana keskinlasha boshladi. Ozarboyjon tomoni Armaniston tomoni uyushtirgan artilleriya hujumlariga javob qaytarilganini ma'lum qilgan. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan esa Ozarboyjon arman xalqiga urush ochgani haqida gapirgan.
Mavzuga oid
18:30 / 28.12.2024
Putin AZAL samolyotiga «Rossiya havo hududida fizik va texnik ta’sir bo‘lgani uchun uzr so‘radi» – Ozarboyjon prezidenti sayti
17:58 / 28.12.2024
Putin samolyot halokati yuzasidan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevdan uzr so‘radi
17:43 / 28.12.2024
Ozarboyjon Rossiya fuqarolarining mamlakatda bo‘lish qoidalariga o‘zgartirish kiritadi
18:40 / 27.12.2024