O‘zbekiston | 11:19 / 01.10.2020
7526
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 7 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositasi aniqlandi

Holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 17 sentabr kuni soat 09:00da Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Sergeli MFY hududida IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tadbir vaqtida shubhali ko‘ringan 43 yoshli M.A. to‘xtatilib, oldida bo‘lgan 1 dona oq rangli polietilen qopi ko‘zdan kechirilganida, qop ichida o‘ziga xos o‘tkir hidli o‘simlik borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qop ichidagi modda vazni 7 kg. 644 grammga teng bo‘lgan yog‘da qovurilgan tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Quyi Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, M.A. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid