Jahon | 21:29 / 20.10.2020
6010
1 daqiqa o‘qiladi

Nike dunyoning eng qimmat kiyim brendi deb topildi

Agentlik tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Nike joriy yilda o‘tgan yil bilan taqqoslaganda olti foizga qimmatladi. U dunyoning eng qimmat kompaniyalari umumiy reytingida 15-o‘ringa ko‘tarildi.

Foto: REUTERS/Valentyn Ogirenko

Nike dunyoning 2020 yildagi eng qimmat kiyim brendi bo‘ldi. U 34,3 milliard dollarga baholandi. Bu haqda Interbrand konsalting agentligi ma'lum qildi.

Agentlik tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Nike joriy yilda o‘tgan yil bilan taqqoslaganda olti foizga qimmatladi. U dunyoning eng qimmat kompaniyalari umumiy reytingida 15-o‘ringa ko‘tarildi.

Undan bir pog‘ona pastda Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi joylashdi (umumiy reytingda 17-o‘rin).

Ulardan keyingi o‘rinni narxi 21,2 milliard dollar deb baholangan Chanel brendi egalladi. Yuqori beshlikka, shuningdek, Hermes modalar uyi va Gucci kompaniyasi joylashdi.

Adidas ro‘yxatning 50-qatoridan joy oldi, Dior va Prada esa mos ravishda 83- va 99-o‘rinlarni egalladi.

Nike o‘tgan yil oktyabrida dunyodagi eng qimmat sport brendi deb topilgandi. 

Mavzuga oid