Fan-texnika | 20:52 / 21.10.2020
3945
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York avtosaloni pandemiya sababli uchinchi marta boshqa sanaga ko‘chirildi

Nyu-York avtosaloni o‘tkazilishi koronavirus pandemiyasi sababli uchinchi marta boshqa sanaga ko‘chirildi. Dastlab avtosalon 2020 yil aprelida o‘tishi kerak edi. 

Foto: Getty Images

Biroq u pandemiya sababli dastlab avgust oyiga, keyin esa 2021 yil apreliga qoldirilgandi. Endi esa avtosalonni 2021 yilning avgustida o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Ma'lum qilinishicha, avtosalon biznes va matbuot vakillari uchun 2021 yilning 19 avgustida ochiladi, 20-29 avgust kunlari esa unga barcha istovchilar tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Biroq pandemiya ko‘rgazma tashkilotchilarini o‘z rejalarini o‘zgartirib, avtosalonni yana ko‘chirishga majbur qilishini istisno qilib bo‘lmaydi.

Pandemiya mart oyidan beri barcha yirik avtosalonlarning bekor qilinishi yoki boshqa sanaga ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi. Bundan faqat Pekin avtosaloni mustasno bo‘ldi va u sentyabrda o‘tkazildi. Unda 100dan ortiq yangi mashinalar, jumladan 80dan ortiq mahalliy va 20ga yaqin jahon modellari namoyish qilindi. 

Mavzuga oid