Virusolog kimlarga koronavirus vaksinasi foyda bermasligini aytdi
Tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Alshteynning aytishicha, immunitet tanqisligi mavjud bo‘lgan insonlarga koronavirus vaksinasi ham ta'sir qilmasligi mumkin. Olim buni antitanachalar ishlab chiqishdagi muammolarga bog‘liqligi bilan izohladi.
Shuningdek, u odamlarni kasallikka qarshi immunitetini rivojlantirish qobiliyatiga ko‘ra aniq guruhlarga ajratish ham unchalik oson emasligini qo‘shimcha qildi.
«Odamlar antitana ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi, lekin ularni aniq guruhlarga ajratish anchagina qiyin. Bu salomatlik holatiga emas, balki inson organizmining hech kim bilmaydigan o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq» – deydi Alsheyn.
Virusolog, bundan tashqari, yoshi katta insonlarda, ruhiy zo‘riqishdagilarda, og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qiladiganlar va doimiy ravishda spirtli ichimliklar iste'mol qiladigan odamlarda antitana ishlab chiqarish juda yomon kechishini ma'lum qildi.
Avvalroq Gamalei markazi direktori Aleksandr Ginsburg ham rossiyaliklarni vaksinatsiya davrida spirtli ichimliklardan tiyilib turishga chaqirgan edi. Chunki alkogol vaksinaning kuchiga salbiy ta'sir qiladi. Shuningdek, u ham qariyalarning immun tizimi vaksinaga faol reaksiya qilmasligini ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024