O‘zbekiston | 13:10 / 24.10.2020
17020
1 daqiqa o‘qiladi

Anvar Parpiyev Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limiga rahbar tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Anvar Qodirovich Parpiyev Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshlagan.

Anvar Parpiyev 1977 yil 3 oktyabrda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. 1999 yil IIV akademiyasini tamomlagan, ichki ishlar sohasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

A. Parpiyev 2017-2018 yillarda Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Mavzuga oid