Amerikalik astronavt fazodan turib AQSh prezidenti saylovlarida ovoz berdi
Hozirda Xalqaro koinot stansiyasida faoliyat olib borayotgan amerikalik ayol astronavt Ketlin Rubins AQSh prezidenti saylovlarida muddatdan oldin ovoz berdi. Bu haqda uning o‘zi ma'lum qildi.
“Men bugun ovoz berdim”, deb yozgan Rubins tvitterda va xabarga stansiya kayutasida tushgan suratini ilova qilgan. Suratda fazogir ortida “XKSda ovoz berish xonasi” degan hazilona yozuvni ko‘rish mumkin.
Ketlin XKSga 14 oktyabrda rossiyalik fazogirlar Sergey Rijikov va Sergey Kud-Sverchkov bilan birga yetkazilgandi. Bu parvoz ayol fazogirning orbitaga ikkinchi parvozi hisoblanadi. Bundan tashqari, Ketlin 2016 yildagi birinchi parvozi vaqtida 2 marta ochiq fazoga chiqqan.
AQSh prezidenti saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi, biroq AQShning bir qator shtatlarida muddatdan oldin ovoz berish boshlangan. Saylovlarda amaldagi prezident Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden kurash olib boradi.
Mavzuga oid
15:40 / 18.12.2024
NASA astronavti XKSdan turib galaktikaning noyob suratini oldi
14:40 / 11.11.2024
NASA XKSdagi astronavtning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi ma’lumotni rad etdi
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
17:29 / 15.10.2024