Jahon | 07:45 / 30.10.2020
6343
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘zini siyosatchi deb hisoblamasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini siyosatchi deb hisoblamaydi, chunki hokimiyatning odatdagi vakillaridan farq qiladi. U bunday bayonotni tvitterda joylashtirgan.   

Foto: REUTERS

“Mening bayonotlarim Vashingtondagi siyosatchilarning nutqlariga o‘xshamaydi, chunki men siyosatchi emasman. Men har doim ham Vashingtondagi siyosiy doiralar qoidalari bo‘yicha o‘ynamayman, chunki men o‘zimgacha bo‘lgan har kimdan ko‘ra siz [saylovchilar] uchun kuchliroq kurashishga saylanganman”, – deb yozgan Tramp.

Avvalroq Tramp saylovoldi kampaniyasining oxirgi ikki kunida bir nechta shtatda 11 ta miting o‘tkazmoqchiligi ma'lum qilingan.

Ta'kidlanishicha, AQSh prezidenti maslahatchilari unga saylovoldi kampaniyasining oxirgi kunlari zo‘r berib harakat qilsa, reytingini 0,5-1 foizga oshirib olishi mumkinligini maslahat qilishgan. Tramp vaqtining katta qismini Pensilvaniya, Florida va Shimoliy Karolinada o‘tkazishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid