Jahon | 12:09 / 02.11.2020
11817
2 daqiqa o‘qiladi

Edvard Snouden Rossiya fuqaroligini olishga qaror qildi

Foto: youtube.com

AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden Rossiya fuqaroligini olmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

«Ko‘p yillar davomida ota-onalarimizdan alohida yashaganimizdan so‘ng ayolim bilan o‘g‘limizdan ham ajralishni xohlamadik. Mana shuning uchun, pandemiya va chegaralarning yopilishi fonida Rossiya-AQSh ikki davlat fuqaroligini olish uchun ariza topshirmoqchimiz», – deb yozadi Snouden o‘zining tvitter sahifasida.

Shuningdek, u xotini bilan baribir «amerikalik bo‘lib qolishi»ni va o‘g‘illarini ham o‘zlari yoqtirgan Amerikaning barcha qadriyatlari asosida – xususan, fikrini erkin ifoda etish erkinligi kabi – tarbiyalashini aytgan. 

«Va men butun oilamiz qayta to‘planishi uchun Qo‘shma shtatlarga qaytadigan kunimni sabrsizlik bilan kutaman», – deb qo‘shimcha qilgan sobiq agent.

Mavzuga oid