Oq uy Tramp prezidentlik uchun kurashni davom ettirishini ma'lum qildi
Tramp jamoasi ayrim shtatlarda ovozlarni qayta hisoblashni talab qilmoqchi, ayrim shtatlarda esa sudga murojaat qilinishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp kurashni davom ettirish niyatida va saylovchilarning ovozlari to‘g‘ri hisoblanishiga harakat qilmoqda. Bu haqda Oq uyning milliy iqtisodiy kengashi rahbari Lourens Kadlou CNBC telekompaniyasiga bergan intervyusida aytdi.
“Bugun ertalab prezident bilan qisqacha gaplashdim va u kurashni davom ettirish hamda saylov byulletenlari kerakli tarzda hisoblab chiqilishiga erishish niyatida”, - dedi u.
Hokimiyatning tinch yo‘l bilan topshirilishi to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, Lourens Kadlou "hokimiyat tinch yo‘l bilan" topshirilishini ta'kidladi.
"Bu – dunyodagi buyuk mamlakat, eng buyuk demokratiya. Biz qoida bo‘yicha harakat qilamiz va prezident ham bunga amal qiladi", dedi u.
Tramp jamoasi ayrim shtatlarda ovozlarni qayta hisoblashni talab qilmoqchi, ayrim shtatlarda esa sudga murojaat qilinishi mumkin. Amaldagi prezident Viskonsindagi ovozlar qayta hisoblanishiga erishish niyatini bildirgan.
Mavzuga oid
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024
Tramp ilgari surayotgan ommaviy deportatsiya 86 mlrd dollarga baholanmoqda
18:33 / 26.12.2024
«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
16:03 / 26.12.2024