Boliviyaning yangi prezidenti o‘z lavozimini bajarishga kirishdi
8 noyabrda Boliviyaning saylangan prezidenti Luis Arsening inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Arse Boliviyaning yangi prezidenti sifatida qasamyod keltirdi.
Mamlakat parlamenti binosida o‘tgan tantanali marosimda Argentina prezidenti Alberto Fernandes, Kolumbiya prezidenti Ivan Duke, Paragvay prezidenti Mario Abdo Benites, Ispaniya qiroli Filipp VI hamda bir qator boshqa davlatlar, jumladan Eron, Venesuela va Chili tashqi ishlar vazirlari ishtirok etgan.
Bir yilcha davomida Boliviya prezidenti vazifasini bajargan Janin Anes marosimda ishtirok etmagan.
18 oktyabrda Boliviyada umumiy saylovlar bo‘lib o‘tgandi. Ularda 2006-2017 yillarda Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales hukumatida iqtisodiyot vaziri lavozimini egallagan Arse 55 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongan. Shuningdek, uning nomzodini ilgari surgan “Sotsializm tomon harakat” partiyasi parlamentning ikki palatasida ko‘pchilik o‘rin egallagan.
Oxirgi saylovlar 2019 yil oktyabrda o‘tgan saylovlar natijalari bekor qilingandan keyin o‘tkazilgan. O‘shanda respublikaning oliy saylov sudi prezident Moralesni saylovlar g‘olibi deb topgandi. Biroq uning asosiy raqibi Karlos Mesa saylovlar natijalarini tan olmagan va shundan keyin mamlakatda norozilik namoyishlari boshlangan. Morales noroziliklarning 3-haftasidan keyin iste'foga chiqqan va Boliviyani tark etgan.
Mavzuga oid
18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi
17:34 / 15.12.2024
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan vaqtincha chetlatildi
22:08 / 04.12.2024
Namibiyada birinchi marta ayol kishi prezident etib saylandi
22:37 / 27.10.2024