O‘zbekiston | 09:44 / 21.11.2020
29282
1 daqiqa o‘qiladi

Narpay tumani hokimi o‘zgardi

Narpay tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rilmoqda. Botir Jabborov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.

Narpay tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Sherzod Rahmonov nomzodi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Botir Jabborov 2017 yildan buyon Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi. 

Mavzuga oid