Samarqanddagi qotillik videosini tarqatganlar qamaldi
20 noyabr kuni Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida erkak o‘z xotini va uning tanishini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. Ko‘p o‘tmay o‘sha holatning videosi internetda tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining yozishicha, o‘sha videolar noqonuniy tarqatilgan va ularni tasvirga olib tarqatganlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan.
«Samarqand shahridagi savdo markazlaridan birida qonga bulg‘angan pichoqni ko‘tarib, ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fuqaroning tasviri aks etgan video hamda fotolavhalar tarqaldi. Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu video (foto) yuzasidan IIB xodimlari tekshiruv ishlarini olib borishdi. Vahshiylik aks etgan ushbu videolavhalar 3 nafar samarqandlik yigitlar tomonidan tasvirga olinib, tarqatilgani ma'lum bo‘ldi.
Ushbu shaxslarga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Samarqand shahar ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan uchala yigitga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi barcha OAV xodimlari, blogerlar va fuqarolarning axborotni olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlari mavjudligini eslatib o‘tadi. Faqatgina bunday harakatlar qonun doirasida amalga oshirilishi lozim.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda 189-1 va Jinoyat kodeksida 130-1-moddalar mavjud bo‘lib, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan», – deyilgan IIB bayonotida.
Ma'lumot uchun, yuqoridagi jinoyat 20 noyabr, juma kuni 42 yoshli erkak tomonidan rashk tufayli sodir etilgan. Past Darg‘om tumanida yashovchi fuqaro xotinini kuzatishi vaqtida uni boshqa erkak bilan ko‘rib qoladi va Samarqand shahridagi xalq tilida «Povorot» deb ataluvchi joydagi savdo do‘koni ichida har ikkisini pichoqlab, o‘ldiradi. Tarqalgan videoda ko‘ringanki, qotil jinoyatni sodir etgach, hech qayerga qochmay odamlardan militsiyani chaqirishni so‘ragan.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
16:51 / 16.12.2024
Konibodomda yana to‘rt kishining jasadi topildi
20:01 / 13.12.2024