Everestdan plastik bo‘laklari topildi
Bundan oldin kichik plastik bo‘laklari Yer sharining eng past nuqtasi – Tinch okeanidagi Mariana botig‘igacha (10 994 metr) yetib borgandi. Endi esa ular Yerning eng yuqori nuqtasi – Everest cho‘qqisidan (8 848 metr) ham topildi.
Kattaroq buyumlarning parchalanishidan paydo bo‘lgan 5 millimetrdan kichik plastik qismlar Everestdan birinchi marta topildi. Buyuk Britaniyaning Plimut universiteti olimlari Everestning turli nuqtalaridagi 8 ta suv oqimidan 900 millilitrlik suv va 11 300 millilitrlik qor namunalarini to‘pladilar. To‘plangan qor namunalarining barchasi va suv oqimlari namunalarining 3 tasidan mikroplastikalar topildi.
«Everest cho‘qqisida olib borilgan tadqiqotlar qiziq va namunalarni olish juda ajoyib bo‘lganiga qaramay, ich-ichimizdan atrof-muhit toza bo‘lishini va bu yerdan hech qanday plastik topilmasligini xohladik», deydi tadqiqotchilardan biri.
Everest cho‘qqisida topilgan mikroplastiklarning aksariyati sintetik tolalar, kiyim va jihozlar tayyorlanadigan moddalar bo‘lib chiqdi. Bundan ko‘rinadiki, 20 daqiqa atrofni aylanib yurish, kiyimlarni yuvish yoki plastik idish qopqog‘ini ochish bilan atrofga mikroplastikalarni tarqatishimiz mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, odamlar hali bu mayda plastmassa parchalari ekotizimlar, organizmlar va hatto inson salomatligi uchun qanday muammolarni yuzaga keltirishini to‘liq bilmaydi.
Mavzuga oid
08:31 / 02.12.2024
Plastik bo‘yicha global kelishuv haqidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi
00:06 / 25.11.2024
Yaponiyalik olimlar dengiz suvida parchalanuvchi plastik materialni ixtiro qildi
18:19 / 18.10.2024
Olimlar bioplastik okeanda qog‘ozdan ham tezroq parchalanishini aniqladi
15:25 / 17.10.2024