Sport | 22:22 / 19.12.2020
5909
1 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Barselona» «Valensiya» bilan bahsda ochko yo‘qotdi

La Liga 14-turi doirasidagi markaziy uchrashuv «Barselona» va «Valensiya» o‘rtasida o‘tdi.

«Kamp Nou»da kechgan uchrashuvning 29-daqiqasida Diakabi hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim yakunida Messi hisobni tenglashtirdi. 52-daqiqada Arauxo kataloniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, ammo 69-daqiqada Maksi Gomes «Valensiya»ga durang keltiruvchi gol muallifiga aylandi – 2:2.

Natijada, «Barsa» 21 ochko bilan hozircha 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, 15 ochkoga ega «Valensiya» 12-o‘ringa ko‘tarilgan.

La Liga. 14-tur
Barselona – Valensiya 2:2
Gollar
: 0:1 – 29 Diakabi, 1:1 – 45 Messi, 2:1 – 52 Arauxo, 2:2 – 69 Maksi Gomes.
Barselona – ter Stegen, Alba, Arauxo, Dest, Mingesa, Buskets (de Yong, 46), Koutino (Langle, 79), Pedri (Pyanich, 86), Messi, Breytueyt, Grizmann (Trinkau, 73).
Valensiya – Domenek, Diakabi, Gabriel Paulista, Gayya, Vass, Soler, Musa (Aleks Blanko, 42), Cherishev, Rachich, Gedesh (Valexo, 87), Maksi Gomes.

Mavzuga oid