Jahon | 22:03 / 03.01.2021
18987
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda dafn marosimi vaqtida 21 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Muradnagar shahrida (Uttar-Pradesh shtati) dafn marosimiga kelgan 21 kishi krematoriy tomi qulashi oqibatida halok bo‘ldi. 

Foto: AFP

The Times of India nashrining xabar berishicha, voqea yomg‘ir vaqtida yuz bergan. Dafn marosimiga kelgan odamlar yomg‘irdan qochib, krematoriy tomi ostiga to‘planishganda, u qulab tushgan.   

Vayronalar ostida o‘nlab odamlar qolib ketgan. Qutqaruvchilar 38 kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Mahalliy politsiyachilar va o‘t o‘chirish qismlari xodimlari qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirishmoqda.

Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va bosh vazir Narendra Modi fojia yuzasidan o‘z hamdardliklarini bildirishgan. Uttar-Pradesh shtati bosh vaziri Yogi Adityanatx fojia qurbonlari oilalariga 200 ming rupiydan (2,7 ming dollar) moliyaviy yordam ko‘rsatishni buyurgan. 

Shuningdek, mahalliy idoralarga voqeani tergov qilish va u bo‘yicha hisobot tayyorlash vazifasi topshirilgan.

Mavzuga oid